Xitoylik 22 yoshli yigit nogiron onasini 15 yil yelkasida ko‘tarib yashadi

  • 4-12-2018, 06:31
  • 1 050
  • Dunyo
  • Xitoylik 22 yoshli yigit nogiron onasini 15 yil yelkasida ko‘tarib yashadi
    2003 yili xitoylik Van Syansyan ismli yigitning otasi olamdan o‘tdi. U o‘lguncha shol bo‘lib qolgan xotinini parvarish qilib o‘tdi. Endi esa bu vazifani ado etish 22 yoshli Vanning zimmasiga tushgandi. U ishlab turgan ishidan bo‘shadi va onasini opichlagancha yurt kezib ish qidirdi. Shu bahona onasini boqish, davolatishga umid bog‘ladi.

    Baxtga qarshi onasi mashinada yura olmasdi. Xastalik shu qadar kuchli va xavfli ediki, faqat yelkasida opichlab yurishi mumkin edi. Katta shaharlarda Van unga qisqa grafikli, ammo ko‘proq maoshli ish berishlarini so‘radi. Ahvolini tushuntirdi. Afsuski, hech kimga bu taklifi yoqib tushmadi. Qiynala-siqtala fabrikadan ish topgandi.

    Biroq u ham bir necha oydan so‘ng inqirozga uchrab yopildi. Xo‘sh, endi nima qiladi?.. 15 yildan beri chakana ishlar bilan band. Bu ishdan olgan daromad esa onasining dori-darmonlariga ham yetmaydi-ku!..

    Ona Vanga qishloqqa qaytishni maslahat berdi. U yana volidani yelkasida ko‘targancha qadrdon qishlog‘iga qaytdi. Qarang, 15 yil yelkasida nogiron volidasini opichlab yashaganidan qishloqdagilar ham xabar topgan ekan. Azbaroyi qoyil qolishganidan, Vanga mehrlari tovlanganidan ish ham topib berishdi. Ularning yordami bilan davlat Van va onasi yashashi uchun yangi uy berdi. Ijtimoiy xizmat tashkiloti nogiron ayol uchun nafaqa belgiladi.

    Bu voqea internet saytlarida paydo bo‘lgandan keyin esa Vanni qo‘llab-quvvatlashga tayyor odamlar ko‘payib ketdi. Ular yaqin orada moddiy yordam ko‘rsatishdan tashqari, nogironlar aravachasi olib berishni, onaxonni kasalxonada davolatishni va’da qilishdi.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Xitoylik 22 yoshli yigit nogiron onasini 15 yil yelkasida ko‘tarib yashadi