AQSh allaqachon Rossiyaga yutqazdimi?

  • 4-12-2018, 16:13
  • 3 001
  • Dunyo
  • AQSh allaqachon Rossiyaga yutqazdimi?
    “Amerika muzyorar floti juda yomon holatda. Bugungi kunda atigi 2 dona muzyorar kemasi qolgan bo‘lib, ularning vazifasi ilmiy tadqiqotlar ma’lumotlarini yig‘ish va muz orasiga siqilib qolgan kemalarni qutqarishdan iborat xolos.” deb yozadi “NBC News” jurnalisti Sabrina Shankman.

    Jurnalistning qayd etishicha, muzlar erib mintaqada savdo uchun yangi imkoniyatlar ochilayotgani hisobga olinsa, flot Qutb aylanasida AQSh manfaatlarini himoya qilishi kerak. Ammo, vaziyat unday emas. Chunki muzyorar kemalardan biri – “Qutb yulduzi” 40 yil oldin bunyod etilgan bo‘lib, allaqachon xizmatini o‘tab bo‘lgan. 2000 yilda qurilgan boshqa muzyorar kema – “Xili” faqat ilmiy ahamiyatga ega vazifalarni uddalashga qodir.

    Optimistlarcha hisob-kitobga ko‘ra, Arktikadagi AQShning yangi muzyorari 5 yildan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin. Ammo, bu vaqtga kelib Qutbda Rossiyaning 40 ta shunday kemasi faoliyat olib borayotgan bo‘ladi.

    Maqolada deputat Jon Garamendning so‘zlaridan ham iqtibos keltirilgan:

    «Gap shundaki, AQSh Arktikaga jiddiy e’tibor qaratmadi. Biz kelajakda Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi asosiy dengiz yo‘lidan mahrum bo‘ldik. Ummonlarni nazorat qilishda Rossiya va Xitoyga o‘rnimizni bo‘shatib berdik”

    Aniqlik kiritilishicha, Donald Tramp administratsiyasi Amerika muzyorar flotini yangilashga 750 million dollar taklif etgan bo‘lib, amalda bu mablag‘ umuman boshqa loyiha – Meksika chegarasida devor qurishga yo‘naltirib yuborilgan.

    Manba: O‘zA

    » » AQSh allaqachon Rossiyaga yutqazdimi?