21:42 / 04.12.2018
6 300

«Cho‘qintirgan ota» qo‘lga olindi

«Cho‘qintirgan ota» qo‘lga olindi
Italiyada Sitsiliya mafiyasi — «Koza nostra»ning 46 nafar a’zosi hamda guruh yetakchisi Settimino Mineo qo‘lga olindi. Ularning barchasi mafiyaga a’zolik, tovlamachilik, noqonuniy qurol olib yurish va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Mineo 80 yoshda. O‘tgan yili, bir umrga qamalgan Toto Riinaning o‘limidan so‘ng, «Koza nostra» boshqaruvi unga o‘tdi.

Mineo Sitsiliya politsiyasiga yaxshi tanish. U mafiya ustidan o‘tkazilgan sudlovda 11 yilga qamalgandi. Ushbu sud tashabbuskori, tergovchi Jovanni Falkone 1992 yili aynan Toto Riina tomonidan o‘ldirtirib yuborilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda mafiyaning tuzilmasida muammolar bo‘lgan. Shundan so‘ng bir necha klanlar Mineoga «cho‘qintirgan ota» — yetakchi vakolatlarini berishga qaror qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Cho‘qintirgan ota» qo‘lga olindi