Birlashgan Arab Amirliklarining vitse-prezidenti Muhammad ibn Rashid al-Maktumning qizi Latifa bin Muhammad al-Maktum mamlakatdan qochishga besamar urinishlaridan so‘ng, dom-daraksiz yo‘qolib qoldi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Dubayning 33 yoshli malikasi Latifa bin Muhammad al-Maktum BAAdan qochishga bir necha bor uringan.
Malikaning so‘nggi urinishi shu yilning mart oyida, yaxtada Hind okeani orqali qochish rejalashtirilgan bo‘lgan. Biroq, yaxta Hindiston dengiz kuchlari va BAA maxsus xizmat vakillari tomonidan qo‘lga olinib, malika Dubayga olib ketilgan. Ushbu voqealardan so‘ng, Dubay malikasi haqida hech qanday ma’lumotlar berilmagan.
BAAdan qochishdan avval, malika YouTube’ga o‘zi va opa-singillari haqida, ular nega mamlakatdan qochib ketmoqchi bo‘lganliklari hamda BAAda ayollarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishlari haqida hikoya qilingan videorolikni joylagandi.
Dubay rasmiylari malika haqida hech qanday ma’lumotlar bermagan. Mamlakatdagi manbalarning bergan ma’lumotiga ko‘ra: «malika o‘z oilasi davrasida baxtli hayot kechirmoqda». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi