Qozog‘iston poytaxti Astanada yashaydigan ayolining nomida 223 ta avtomobil borligi aniqlandi. Bu haqda Zakon.kz'ga tayanib "Daryo" xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolning to‘lanmagan soliqlardan qarzdorligi aniqlangan. Shundan so‘ng uning hisob raqamlari va kartalari muzlatilgan. Nomida 223 ta avtomobil borligini esa, ayol sud ijrochilaridan bilgan.
Qozog‘istonlik deputat Shakir Xaxazovga ko‘ra, mamlakatda minglab odamlar o‘z nomiga nimalar rasmiylashtirilganidan bexabar. Deputat moliya vaziridan vaziyatga zudlik bilan aralashib, mazkur muammoga yechim topishga chaqirdi. Shakir Xaxazov Qozog‘iston soliq to‘lovchilar bazasida yo‘l qo‘yiladigan qo‘pol xatolar uchun hech kim javobga tortilmasligidan ham noroziligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi