22:53 / 06.12.2018
4 243

Tbilisida Gruziya prezidentining kuyovi qo‘lga olindi

Tbilisida Gruziya prezidentining kuyovi qo‘lga olindi
Gruziya ichki ishlar vazirligi Tbilisida mamlakatning amaldagi prezidenti Georgiy Margvelashvilining kuyovi Mindiya Gogochurini qo‘lga oldi. Bu haqda «Interfaks» ma’lumotiga asoslanib Daryo.uz nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gogochuri inson salomatligiga putur yetkazganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan yana bir shaxs bilan birga qo‘lga olingan.

Ular noqonuniy ravishda qurol saqlaganlik va jinoyat haqida xabar bermaganlikda ayblanmoqda.

Gruziya prezidentining kuyovi bundan avval ham bir necha marta jinoiy ishlarga aloqador deb topilgan. Avvalroq, Tbilisida ikki marta unga hujum uyushtirilgan edi.

Joriy yilning iyul oyida u pichoqlangani sababli kasalxonaga yotqizilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tbilisida Gruziya prezidentining kuyovi qo‘lga olindi