18:13 / 07.12.2018
3 466

Alisher Usmonov Moskvada yangi turar-joy majmuasi quradi

Alisher Usmonov Moskvada yangi turar-joy majmuasi quradi
«Kommersant’» nashriyot uyiga egalik qiluvchi milliarder Alisher Usmonov Moskvadagi Vrubel ko‘chasida, nashriyot uyi sobiq ofisi o‘rnida yangi turarjoy majmuasi quradi. Bu haqda «Vedomosti» brokerlar hamda Moskva meriyasidagi manbaga asosan xabar qilmoqda.

6 dekabr kuni kechqurun Moskvada muqaddam «Kommersant’» ofisi joylashgan binoni buzish boshlandi. Ishlarni Usmonovga tegishli bo‘lgan «Vrubel 4» YoAJ boshqarmoqda. Ushbu kompaniya noyabr oyi oxirida yangi ob’ekt qurilishi uchun ruxsatnoma olgan, deya aytib o‘tishdi « Vedomosti»ga meriyada. Bu yerda umumiy maydoni 32 754 kvadrat metr bo‘lgan, yer osti avtomobillar turargohiga ega turarjoy majmuasi qurish rejalashtirilgan.

«Kommersant’» nashriyot uyi tahririyat avvalgi joyiga qaytishi bo‘yicha rejalarni izohlashdan bosh tortdi. Hozir nashriyot uyi Usmonovning boshqa kompaniyalari bilan birga Rublyovo shossesida joylashgan «Profiko» biznes markazida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov Moskvada yangi turar-joy majmuasi quradi