19:04 / 07.12.2018
2 829

Amerikalik general Google’ni Pentagon bilan hamkorlikni boshlashga chaqirdi

Amerikalik general Google’ni Pentagon bilan hamkorlikni boshlashga chaqirdi
AQSh dengiz piyoda kuchlari generali Jozef Danford Google kompaniyasini Qo‘shma Shtatlar mudofaa mahkamasi bilan ishlashni boshlashga chaqirdi. Bu haqda Reuters'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Alphabet (Google kompaniyasining bosh shirkati) kabi texnologik gigantlar Pentagon bilan ishlashni istamayotganiga «izoh topish mushkul». Generalning ta’kidlashicha, bu ular hattoki biznesga Qo‘shma Shtatlardan ham kam erkinlik taqdim etiluvchi Xitoy bilan ishbilarmonlik aloqalarini izlayotgan paytda yuz bermoqda, deyiladi materialda.

«Biz yaxshi odamlarmiz hamda men uchun Xitoyda ishbilarmonlik manfaatlarini ilgari surish maqsadida ma’lum bir yon bosishga borayotganimiz tushunarsiz. Yaxshi bilamizki, u yerda erkinlik cheklangan, Xitoy bizning intellektual mulkni kompaniyalardan olib qo‘yadi», - dedi u.

Google ijrochi direktori Sundar Pichayning avvalroq ma’lum qilishicha, kompaniya Xitoyga ko‘p yillar davomida sarmoya kiritgan va buni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Biroq, shu bilan birga, uning eslatishicha, kompaniya AQSh hukumati bilan sog‘liqni saqlash, kiberxavfsizlik hamda boshqa sohalardagi loyihalar ustida ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik general Google’ni Pentagon bilan hamkorlikni boshlashga chaqirdi