09:39 / 08.12.2018
4 461

Erdo‘g‘on Putindan ukrainalik dengizchilarni ozod qilishni iltimos qildi

Erdo‘g‘on Putindan ukrainalik dengizchilarni ozod qilishni iltimos qildi
Foto:«Sochi-express.ru»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozodlikka chiqarish haqidagi iltimosni yetkazganini ma’lum qildi.

Erdo‘g‘onning aytishicha, Kerch kesishmasidagi hodisadan so‘ng u Putin bilan ham, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan ham gaplashgan.

«Hozir, bilishimcha, hodisa bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Shundan so‘ng qaror qabul qilinadi», - deydi Erdo‘g‘on.

Uning aniqlik kiritishicha, bu vaziyatda Turkiya faqat iltimos qila oladi, ammo undan uyog‘iga o‘tmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Ukrainaning uch kemasi Kerch bo‘g‘ozidan Rossiya chegarasini kesib o‘tgani uchun qo‘lga olingani sababli, ikki davlat munosabatlari yanada sovuqlashdi. Vaziyatga AQSh aralashib, hatto Qora dengizga harbiy kemalar yuborish niyatini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Putindan ukrainalik dengizchilarni ozod qilishni iltimos qildi