18:18 / 08.12.2018
6 684

Amerikalik ayol boshi tanasidan judo bo‘lgandan keyin ham yashab qola oldi…

Amerikalik ayol boshi tanasidan judo bo‘lgandan keyin ham yashab qola oldi…
Amerikaning Michigan shtatida yashovchi Lila Delayn shu yil avgust oyida dahshatli darajadagi avtohalokatga uchragandi. U boshqarib ketayotgan mashinaga boshqa avtomobil katta tezlikda kelib urilgan.

Yaxshiki, Lilaning eri o‘sha atrofda ekan. Yugura kelib xotinini mashinadan tashqariga olib chiqdi. Ayolning umurtqa pog‘onasi bosh chanog‘idan ajralib chiqishi tufayli Lila boshini mustaqil tutib tura olmaydigan holatda edi. Eri to vrachlar yetib kelguncha nafas olishga qiynalmasligi uchun xotinining boshini ushlab turdi. Kasalxonaga olib ketilgach, Lila shol bo‘lib qoldi.

Ammo tez orada mutaxassislar sa’y harakatlari natijasida umurtqa pog‘onasini bosh chanoq bilan qayta ulashga erishildi. Shundan so‘ng ayol asta-sekin qo‘l-oyoqlarini qimirlata boshladi, gapirish imkoniga ega bo‘ldi. Yana biroz vaqt o‘tgandan keyin oshxonada bemalol taom pishira oladigan darajaga yetdi.

Avtohalokat sababchisi esa qo‘lga olingan. U qilmishiga yarasha albatta jazosini oladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol boshi tanasidan judo bo‘lgandan keyin ham yashab qola oldi…