16:51 / 09.12.2018
4 506

«Ikkiyuzlamachi» kemasi dunyodagi eng noyob kema (video)

«Ikkiyuzlamachi» kemasi dunyodagi eng noyob kema (video)
«RV Flip» ilmiy-okeanografik kemasi g‘aroyib sxemaga egaligi bilan har qanday kishini hayratga soladi, deb yozadi «National Geographic». Uning asosiy qismi xuddi osti kengayib boruvchi quvur singari ishlangan bo‘lib, suv tubiga juda chuqur kirib keta oladi.

«Quvur»ning ichi esa ballast sisternalari hamda dengiz ostini o‘lchash uchun mo‘ljallangan asbob-anjomlar o‘rnatilgan bo‘lmalardan iborat.

Kema o‘rganish belgilangan hududga yetib kelganida, sisternalar suv bilan to‘ldiriladi va «Flip» ishchi holatiga kiradi. Ya’ni uning tadqiqot uskunalari o‘rnatilgan dum qismi suvga tikka cho‘kib, oldingi qismi osmonga qaragan holda turadi. Pirovardida 108 metrlik kemaning atigi 17 metri suv yuzasida qoladi.

Aytish joizki, mazkur kema o‘zining tortish qurilmasiga ega emas: u suv yuzasida boshqa kemalarning ko‘magidagina «ko‘chib» yurishi mumkin xolos. Olimlarning bildirishicha, bu tadqiqot anjomlariga tashqi mexanik ta’sirning oldini olish uchun qilingan.

1962 yil qurilgan kema rasman harbiy flotga tegishli. Biroq amalda uning xizmatidan, asosan, Skripps okenografiya institutining dengiz fizikasi laboratoriyasi olimlari foydalanadi. Uning yordamida tadqiqotchilar dengizlarni seysmologik jihatdan, qolaversa, turli kimyoviy tarkibga ega suvlarning harorati, issiqlik almashinuvi tartiblarini, tuzlilik darajasi va boshqa ko‘plab jihatlarni o‘rganadi.

«Flip» ikki—uch hafta mobaynida ishchi holatida bo‘la oladi. Shunisi qiziqki, uning ichki qismlaridan tik va yotiq holatda bir xil tarzda foydalanish imkoniyati mavjud.
[media=https://www.youtube.com/embed/Ig6uWY8VEuI?start=0]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Ikkiyuzlamachi» kemasi dunyodagi eng noyob kema (video)