21:33 / 09.12.2018
3 407

Qirg‘iziston prezidenti poraxo‘rlar omma oldida sharmanda qilinishi kerakligini aytdi

Qirg‘iziston prezidenti poraxo‘rlar omma oldida sharmanda qilinishi kerakligini aytdi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan murojaat e’lon qildi.

Uning fikricha, oddiy fuqarolar va davlat hisobiga boyishni istaydiganlarning qarshiliklariga qaramasdan, mamlakatda o‘tgan bir yil ichida ko‘p ishlar amalga oshirilgan.

«Asosiy e’tibor korrupsiya paydo bo‘lishiga olib keladigan sabablarni bartaraf qilishga qaratilmoqda. Davlat xizmatchilarining fuqarolar bilan muloqotlarida inson omilini kamaytirish, tadbirkorlarning ishlariga asossiz aralashuvlar, noqonuniy tekshirishlardan himoya qilishga qaratilgan choralar qabul qilinmoqda», deya qayd etgan Sooronbay Jeenbekov.

Murojaatda aytilishicha, «O‘z cho‘ntagini o‘ylab davlat vakolatlarini suiiste’mol qilganlar nafaqat qonun bilan jazolanishi, balki omma oldida sharmanda qilinishi lozim».

Avvalroq Qozog‘istonda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar ro‘yxatini e’lon qilish taklif etilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti poraxo‘rlar omma oldida sharmanda qilinishi kerakligini aytdi