22:11 / 09.12.2018
3 772

Kataloniya rahbari ikki kunlik ochlikni boshladi

Kataloniya rahbari ikki kunlik ochlikni boshladi
Kataloniya hukumati rahbari Kim Torra hibsda ushlab turilgan kataloniyalik siyosatchilar bilan birdamlik sifatida 48 soatlik ochlikni boshladi. Bu haqda La Vanguardia nashriga tayanib Kun.uz maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, Torra ochlik tugaguncha 11 dekabrgacha Montserrat monastirida qoladi. Torra deputatlar va faollar 7 dekabrda boshlagan aksiyaga qoʻshilgan. Aksiya ishtirokchilari 20 dekabrgacha siyosiy mahbuslar himoyasiga navbati bilan qisqa muddatli ochlik eʼlon qilishmoqchi.

Bir necha kun avval hozirda hibsda ushlab turilgan, Kataloniya milliy kengashining sobiq rahbari Jordi Sanches, parlamentning sobiq deputati Jordi Turul va Kataloniyaning sobiq ichki ishlar vaziri Joakim Forn ochlik eʼlon qilishgan.

Noyabr boshida Ispaniya prokuraturasi Kataloniyaning sobiq vitse-prezidenti Oriol Junkerasga 25 yillik, muxtoriyat hukumatining boshqa aʼzolariga 16 va 17 yillik qamoq jazolari berilishini soʻragan. Junkeras va Kataloniya hukumatining bir necha sobiq aʼzosi 2017 yil noyabr boshida hibsga olingandi. Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon va jeneralitetning bir qism aʼzolari xorijda yashirinishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kataloniya rahbari ikki kunlik ochlikni boshladi