18:10 / 10.12.2018
4 007

Qayta yozish mumkin boʻlgan qogʻoz yaratildi

Qayta yozish mumkin boʻlgan qogʻoz yaratildi
Xitoylik tadqiqotchilar harorat yoki infraqizil nurlar orqali rangini oʻzgartirish va qayta yozish mumkin boʻlgan qogʻoz ishlab chiqardi. Unga yuz martadan ortiq qayta yozish mumkin, bunda uning ranglari tiniqligi biroz oʻzgaradi xolos. “Unda yozilgan narsalar kamida bir yil saqlanib qoladi”, – deyiladi “ACS Applied Materials & Interfaces” jurnalidagi maqolada.

Oddiy qogʻozning oʻrnini bosuvchi koʻplab texnologiyalar mavjud boʻlib, ular hali ham qoʻllanib kelmoqda. Masalan, buklash va hatto choʻzish mumkin boʻlgan tajribaviy va seriyali ekranlar mavjud. Shuningdek, elektron qogʻozlar ham boʻlib, unda oʻz yoritgichidan foydalanilmaydi, shu sababli vizual ravishda oddiy qogʻozni eslatadi. Biroq hozircha bu texnologiyalar narxi, nozikligi va boshqa muhim koʻrsatkichlarga koʻra qogʻozga yetgani yoʻq.

Baʼzi olim va muhandislar esa qogʻozning oʻrnini bosuvchi emas, balki mutlaqo yangicha, shu jumladan qayta yozish imkonini beruvchi qogʻozni yaratishga harakat qilmoqda. Bu borada turli prinsiplar asosida ishlovchi koʻpgina loyihalar mavjud. Baʼzilari isitish yoki nurlanish hisobiga ishlasa, boshqalari tuz eritmasi bilan ishlov berishni talab etadi. Biroq bunday loyihalarning jiddiy kamchiligi boʻlib, bu koʻpincha qogʻozning eng muhim xususiyati – axborotni uzoq muddat saqlab qolish bilan bogʻliq. Maʼlumki, qayta yoziluvchi qogʻoz tasvirni bir necha kun davomida saqlaydi, bir necha oʻnta yozish siklidan keyin oʻz xususiyatlarini yoʻqotadi.

Fuszyan pedagogika universitetidan boʻlgan Vey Chjan boshchiligidagi bir guruh tadqiqotchilar qogʻozning yuqori resursga ega va ishlab chiqarilishi oson, qayta yozish mumkin boʻlgan yangi turini yaratdi. Ushbu qogʻoz uch qatlamli boʻlib, oʻrtasida oddiy qogʻoz joylashtirilgan, uning bir tomonida termoxrom qatlam, boshqa tomonida qora fototermik toner boʻladi. Aynan termoxromli qatlam qogʻozning qayta yozish xususiyatini beradi. U uchta tarkibiy qismdan iborat: rang hosil qiluvchi, paydo qiluvchi va erituvchi.

Qogʻozning ishlash prinsipi uch oʻlchamli qatlamning davriy oʻzgarishiga asoslangan. Dastlab xona haroratida u koʻk rangli boʻladi. 65 darajadan yuqori haroratda qizdirilgandan soʻng erituvchi suyuq holatga keladi va rang hosil qiluvchi (elektronlar donori) va rang paydo qiluvchi (elektronlar akseptori) ajraladi va rang hosil qiluvchi molekulalari tuzilishi oʻzgaradi va natijada u rangsiz boʻlib qoladi.

Tadqiqotchilar bunday qogʻozdan foydalanishning bir necha yoʻlini taklif qilishdi. Masalan, unda uchi isitiladigan elektrotermik ruchka yordamida yozish mumkin. Bunda rasm oq rangda, fon esa koʻk rangda boʻladi.

Ishlab chiqaruvchilar turli tasvirlarni qogʻozga bosib chiqarib, u QR-kod va hatto matnlar uchun yetarlicha tiniq boʻlishi mumkinligini koʻrsatdilar. Tadqiqotchilar qogʻoz xususiyatlarini oʻrganib chiqib boʻyoqning qabul qilish spektri hatto qayta yozishning yuzlab siklidan keyin ham unchalik oʻzgarmasligini aniqlashdi. Tasvirning yarim yil saqlanishi esa uning saqlanib qolishiga katta taʼsir koʻrsatmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qayta yozish mumkin boʻlgan qogʻoz yaratildi