Rossiyada xorijiy ishchilar uchun 2019 yilga mo‘ljallangan kvota tasdiqlandi. Keyingi yilda Rossiyaga 2018 yilga nisbatan 20 foiz kam xorijiy ishchilar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi qarorni 8 dekabr kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzolagan.
Qarorga muvofiq kelgusi yilda Rossiyada xorijiy ishchilar uchun 144 583 ta o‘rin ajratiladi. Bu 2018 yilga belgilangan kvotaning 81 foiziga teng. 2018 yilda 178 450 ta o‘rin ajratilgan edi.
Rossiya federal migratsiya xizmati mamlakatda O‘zbekiston, Tojikiston va Ukraina mehnat muhojirlari ko‘pchilikni tashkil etishi haqida ma’lumot bergan edi.
Bundan biroz avval "Izvestiya" gazetasiga Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin O‘zbekiston va Rossiya istiqbolda nafaqa bo‘yicha bitim imzolashi mumkinligini aytgan. Unga ko‘ra, Rossiyada qonuniy ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar muayyan nafaqa to‘lovini olishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?