22:54 / 11.12.2018
3 119

Venesuelada yillik inflyatsiya 1,3 million foizni tashkil qildi

Venesuelada yillik inflyatsiya 1,3 million foizni tashkil qildi
Venesuelada inflyatsiya yillik ifodada 1,29 million foizni tashkil qildi. Bu haqda mamlakat milliy assambleyasining (parlament) moliya qo‘mitasi rahbari Rafael Gusman ma’lum qilgan.

“Giperinflyatsiya saqlanib qolmoqda. Noyabrda inflyatsiya 144,2 foizni, yillik ifodada deyarli 1300000 foizni tashkil qildi”, deb aytgan Gusman.

U mamlakatda kechayotgan “ocharchilik va falokatga” javobgarlik hukumat zimmasida yotishini aytgan.

Venesuelada oxirgi yillarda iqtisodiy inqiroz kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuelada yillik inflyatsiya 1,3 million foizni tashkil qildi