18:49 / 12.12.2018
3 930

Di Kapriodan "Oskar"i olib qo‘yildi

Di Kapriodan "Oskar"i olib qo‘yildi
AQSh federal hukumati Gollivud aktyori Leonardo Di Kapriodan unga tegishli bo‘lgan “Oskar” haykalchasini olib qo‘ydi. Bu mukofot 1954 yili Marlonu Brandoga “Portda” filmidagi roli uchun taqdim etilgan edi, deb xabar bergan "Turon24" AA.

Mazkur “Oskar” haykalchasini Di Kaprio milliardlab dollar miqdoridagi moliyaviy qallobliklarni amalga oshirishda gumonlanib, qamalgan tanishi Jou Loudan sovg‘a sifatida qabul qilgan. Jou Lou o‘z faoliyati davomida Malayziyaning 1MDB davlat fondi mablag‘larini asosan qimmat va dabdabali predmetlar sotib olishga sarflagan. Ular jumlasiga 250 mln dollar qiymatidagi xususiy yaxta, Van Gog va Pikasso kartinalari ham kiradi.

Shuningdek, Jou Lou “Uoll-stritlik bo‘ri” kartinasining suratga olinishiga homiylik qilgan.

Moliyachi sifatida “Red Granite Pictures” kompaniyasi bilan ham hamkorlik qilib, “Salom, dada, Yangi yil!”, “Ahmoq va yanada ahmoq” komediyalariga prodyuserlik qilgan.

Yuzaga kelgan janjalli holatlar tufayli Di Kaprio unga Lou tomonidan taqdim etilgan barcha sovg‘a-salomlar, jumladan, Pikassoning “Buqa boshi bilan natyurmort” kartinasidan ham voz kechishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda ham Di Kaprio AQSh davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Malayziyada sodir etilgan moliyaviy o‘g‘riliklar bo‘yicha tergov qilingan edi. O‘shanda aktyor tomonidan asos solingan xayriya fondining 1MDB moliyaviy kirdikorlariga aloqadorligi gumon qilingan.

Di Kaprio "Omon qolgan" kartinasida ijro etgan roli uchun ”Oskar” bilan taqdirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Di Kapriodan "Oskar"i olib qo‘yildi