19:13 / 12.12.2018
11 428

Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlari “davlat nomini” o‘zgartirmoqchi

Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlari “davlat nomini” o‘zgartirmoqchi
Noyabr oyida Qirg‘izistonning “Aalam” partiya raisi Arslanbek Maaliyev Qirg‘iziston nomini “Qirg‘iz”ga o‘zgartirishni taklif qilgan. U taklifiga asos qilib oxirgi “iston” qo‘shimchasi Pokiston va Afg‘oniston davlatlari nomida ham borligini ko‘rsatdi. Mamlakat nomini o‘zgartirish taklifi boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida ham kuzatilgan. "Kaktakto.com" saytida Markaziy Osiyoning ba’zi mamlakatlari nomi qachon va qanday o‘zgartirilishi borasidagi takliflar keltirilgan.

Qozog‘iston

2013 yilda blogger, kinorejissyor va telejurnalist Dias Azimjonov Qozog‘iston nomini o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqqan.

U mamlakatni inglizcha talqinda “Kazakh Republic” yoki “Kazakh Orda” deb atashni taklif qilgan. Qozoq tilida “Qazaq Yelі” (Respublikasы), “Qazaq Ordasы”, “Qozoq Respublikasi”, “Qozoq O‘rdasi” deb ataladi. Azimjonov Qozog‘istonni ko‘pincha Pokiston va Afg‘oniston bilan adashtirishini aytgan.

“Ko‘pgina xorijliklar bizning yuqoridagi davlatlar bilan siyosiy farqimizni anglashmaydi. Dunyo maydonlarida ko‘p marotaba yuqori reytinglardan o‘rin egallagan bo‘lsak-da, mamlakat imidji dunyo miqyosida ko‘p bora reklama qilinsa-da, Qozog‘istonning Pokiston va Afg‘oniston bilan oxirgi qo‘shimchadagi hamohangligi uning nomiga dog‘ tushiradi”, degan telejurnalist.

2014 yilda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat nomi Markaziy Osiyoda kamroq rivojlangan davlatlar bilan ko‘p bora adashtirib yuborilayotgani uchun uni “Qazaq Yelі”ga o‘zgartirishni taklif qilgan. Shuningdek, u “iston” qo‘shimchasi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham uchrashi sabab Qozog‘istonga qiziqish kamroq ekanligini bildirgan.

Xuddi shu yili qozoq akademigi Yermentay Sultanmurod mamlakat nomini “Turon”ga o‘zgartirishni taklif qilgan. Qozog‘iston Osiyoning markazida joylashgan bo‘lib, qadimdan turkiy millat vakillarining uyidir, degan akademik. Shuningdek, u kelajak uchun ham mamlakat nomi uning tarixi bilan uyg‘un bo‘lishi kerakligini aytgan.

Qirg‘iziston

2012 yilda Qirg‘izistonning “Aalam” partiya raisi Arslanbek Maaliyev Qirg‘iziston nomini “Kыrgizjer”ga o‘zgartirishni taklif qilgan. Inglizchada ushbu nom “Kyrgyzland”, o‘zbekchada “Qirqiz yeri” deb talaffuz qilinadi. Xuddi shu yili Qirg‘izistonning “Fuqarolik tashabbusi” uyushma raisi Medetxan Kunay mamlakat “Samoviy Tog‘” deb nomlanishi kerakligini aytgan.

Iqtisodiyotni rivojlantirish jamg‘arma xodimi Uran Chekirbayev “Qirg‘iziston Qo‘shma Shtatlari” degan nom eng munosibi bo‘lishini aytib, mamlakat ayrim qismlarini xorijliklarga ijaraga berish mumkinligini ta’kidlagan.

2014 yilda “Ar-Namыs” partiya raisi Feliks Kulov mamlakatni “Kыrgыz El” deb o‘zgartirilishi kerakligini aytgan. Deputat “iston” qo‘shimchasi ko‘plab mamlakatlarda borligini aytib, u o‘rta asrlardan qolib ketganini bildirgan.

Tojikiston

2018 yilning iyulida tojik fuqarosi Muhsin Zikrullo mamlakat nomini o‘zgartirish taklifi bilan chiqqan. U parlamentga va Tojikiston hukumat huzuridagi til va terminalogiya qo‘mitasiga mamlakat “Toҷikistoni Rahmonӣ” (Rahmon Tojikistoni) deb nomlashni taklif qilgan.

“Nima sababdan Arabiston Saudiya Arabistoni deb ataladi? Chunki Ibn Saud 1926 yilda mamlakatni bo‘linishdan saqlab qolgan va 1932 yilda uning sharafiga Arabiston davlatiga Saudiya ismi qo‘shilgan. Tojikistonning ham 1992 yilda yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli katta edi. Ibn Rahmon uni bo‘linib ketishdan asragan. Shu sababdan ham bugun biz o‘z mustaqilligimizga va so‘zimizga ega davlatmiz”, degan Zikrullo.

“Xalqning qiziqishlariga sabab bo‘lgan mavzular ko‘tarilib turiladi. Lekin tashabbuslar davom etmasdan qolib ketadi. Ya’ni, ushbu mavzular ko‘tariladi, jamiyat orasida shov-shuvga sabab bo‘ladi. Biroq, keyinchalik buni hamma unutadi”, degan Rasul Jumali.

O‘zbekiston va Turkmanistonda mamlakat nomini o‘zgartirish borasida takliflar berilmagan. “-iston” qo‘shimchasi fors tilidan olingan bo‘lib, so‘zga qo‘shilib joy nomlarini hosil qiladi. Ya’ni, O‘zbek mamlakati, Qozoq mamlakati, Qirg‘iz mamlakati va hokazo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlari “davlat nomini” o‘zgartirmoqchi