20:30 / 13.12.2018
3 731

Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustav Oʻzbekistonga qachon kelgan?

Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustav Oʻzbekistonga qachon kelgan?
2018 yilning 12 dekabr kuni Stokgolm shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Berlin shahrida) Nabijon Qosimovning Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chogʻida Qirol Karl XVI Gustav 1978 yilda rafiqasi Qirolicha Silviya bilan Toshkent va Samarqand shaharlariga tashrifini juda mamnuniyat bilan esladi. Ushbu safar Oʻzbekiston toʻgʻrisida eng iliq va yorqin xotiralar hamda goʻzal qadimiy Samarqandning chuqur taassurotlari bilan yodlarida qolganligi qayd etildi.

Qirol mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni olqishladi va Shvetsiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi. Xususan, Oʻzbekistonning boy tarixiy va meʼmoriy merosi, shuningdek, oʻzbek xalqining noyob madaniyati va anʼanalarini inobatga olgan holda, sayyohlik sohasidagi hamkorlik istiqbolli boʻlishi mumkin.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan soʻng Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining savdo masalalari boʻyicha bosh direktori Teppo Tauriainen, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha departamenti direktori oʻrinbosari Martina Kuik, shuningdek, Shvetsiya investitsiya va savdoga koʻmaklashish agentligi “Business Sweden”, “Ericsson”, “Scania”, “Jambo Tours”, “TEMA” kompaniyalari va “Silc” nohukumat tashkiloti vakillari bilan alohida uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvlarda koʻp qirrali ikki tomonlama sheriklikni, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsion va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning aniq masalalari muhokama qilindi.

Shvetsiya kompaniyalari delegatsiyasining 2019 yil fevral oyida Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustav Oʻzbekistonga qachon kelgan?