00:45 / 14.12.2018
5 252

AQSh osmonida uzunligi 80 kilometr keladigan g‘ayrioddiy ob’ekt kuzatildi

AQSh osmonida uzunligi 80 kilometr keladigan g‘ayrioddiy ob’ekt kuzatildi
AQSh ob-havo milliy xizmati 5 soat davomida radarlar ekranidan ketmagan g‘ayrioddiy ob’ekt haqida ma’lum qilishdi. Xizmat xodimlari bu hodisaning tabiatini bilish maqsadida tvitterda mutaxassislarga murojaat qilishgan.

Milliy xizmatda ma’lum qilinishicha, osmonda ob’ekt kuzatilgan vaqtda aniq bulut bo‘lmagan. Bu hodisani Ouensboro va Medisonvill aholisi ham kuzatgan. Ob’ekt ancha tez harakatlangan.

Dovullar ortidan “ov qiluvchilar” dastlab bu ob’ektni harbiylar tomonidan qo‘llanuvchi radiolokatsion choralar deb o‘ylashgan. Bunda samolyot radardan uzoqlashganda o‘z atrofida alyuminiy bulut hosil qiladi. Ushbu g‘ayritabiiy ob’ekt yaqinida harbiy baza joylashgan bo‘lgan. Biroq alyuminiy yarim soat ichida cho‘kadi, shu sababli bu variant istisno qilingan.

Yana bir taxminda ob’ekt qushlarning ulkan to‘dasi bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Biroq ornitologlar bunday o‘lchamdagi va bunday zichlikdagi qushlar to‘dasi bo‘lmasligini aytishgan.

Oxirgi taxminda ob’ekt ximiotrass (okkupatsion davlat yo‘lovchi samolyotlardan kimyoviy moddalar sochishi haqidagi uydirmalar) bo‘lishi mumkinligi faraz qilingan. Biroq uni radarlar qanday ko‘rgani jumboq bo‘lib qolgan. Mutaxassislar sirli hodisa nima ekanligi haqida bosh qotirishda davom etmoqdalar. Odatda bunday hodisalar sir tutilishi sababli milliy xizmatning bunday anomal ob’ektning kuzatilganini rasman ma’lum qilgani ham taajjublantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh osmonida uzunligi 80 kilometr keladigan g‘ayrioddiy ob’ekt kuzatildi