14:54 / 14.12.2018
6 068

“Titanik” filmidagi Jek nega tirik qolmagan?

“Titanik” filmidagi Jek nega tirik qolmagan?
Mashhur rejissyor Jeyms Kameron ko‘p yillar davomida afsonaviy “Titanik” kinokartinasi muxlislarini qiynab kelgan savolga javob berdi, deya ma’lum qilmoqda Hordiq nashri.

Film katta ekranlarga chiqqanidan beri muxlislarni bir masala qiynab keladi: Jek ham sevgilisi Rouzni qutqarib qolgan solga chiqib olsa bo‘lardi-ku? Sol bemalol ikki kishini ko‘tarardi-ku?!

Kameronning o‘zi ham ushbu sahna uchun yasalgan yog‘och sol ikkovlonning hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lganini ta’kidladi. Ammo rejissyor ikki qalbning sevgi qissasi fojia bilan tugashi kerak bo‘lganligini, aynan shu narsa tomoshabinni o‘ziga jalb etishini ma’lum qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Titanik” filmidagi Jek nega tirik qolmagan?