20:12 / 14.12.2018
3 665

“Miss koinot” tanlovining amerikalik ishtirokchisi ksenofobiyada ayblandi

“Miss koinot” tanlovining amerikalik ishtirokchisi ksenofobiyada ayblandi
“Miss koinot”ning amerikalik ishtirokchisi Sara Sammers shu tanlov qatnashchilari bo‘lgan Vetnam va Kambodja davlatlari qizlari ustidan kulgani uchun ksenofobiyada ayblandi.

Jumladan, "Diet Prada" akkaunti Sara Sammersning ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan roligini bag‘rikeng insonga xos bo‘lmagan nohaq yondashuv sifatida baholagan.

Sara Sammers mazkur tanlov taassurotlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan roligida Kambodja va vetnamlik ishtirokchilarning “ingliz tilini yomon bilishini” ta’kidlagan. Qizlarning Avstraliya va Kolumbiyadan tashrif buyurgan raqibalari ham bu kamchilikdan xoli emasligini qayd etgan.

Sammars o‘z videosida “Miss Kambodja” ustidan kularkan, bu tanlovda qatnashganlarning aksariyatini “mening inglizchamni bilishmaydi”, deb ayblagan.

Vetnamlik ishrokchi qiz haqida “o‘zini go‘yo inglizcha biladigandek tutsa-da, gaplashib qolsangiz, jim qoladi va jilmayib turaveradi” degan.

Sammersning ijtimoiy tarmoqdagi bu chiqishi ko‘pchilik tomonidan "shunchaki befarosatlik" deya baholangan. “Chunki “Koinot go‘zali” tanlovi og‘zaki nutq emas, go‘zallik tanlovi hisoblanadi”, deyishgan ular.

Shu yilning 10 dekabrida Tailandda o‘tkazilgan “Koinot go‘zali” tanlovi ishtirokchilari o‘z davlatlari milliy liboslari yoki ramzlarini taqdim etishi bilan alohida o‘rin tutgan edi.

Ksenofobiya – o‘ziga notanish hamda begona bo‘lgan vaziyatlarni qabul qila olmaslik, ulardan qo‘rqish hissi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Miss koinot” tanlovining amerikalik ishtirokchisi ksenofobiyada ayblandi