22:08 / 14.12.2018
4 012

Stalinning telefon daftarchasi auksionda 3 mln rublga sotildi

Stalinning telefon daftarchasi auksionda 3 mln rublga sotildi
Foto: Google Images
1950 yilda chop etilgan hukumat avtomat telefon stansiyalari abonentlari ro‘yxatidan iborat Kitob 13 dekabr kuni auksion savdolarda 3 million rublga sotildi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

«Litfond» auksion fondi rahbari Sergey Burmistrovning so‘zlariga ko‘ra, kitob Iosif Stalinning yaqin safdoshi Nikolay Shvernikda saqlangan. Undan Stalin, Lavrentiy Beriyaning xona va dala bog‘laridan tortib, siyosiy byuro va yordamchilarning telefon raqamlarigacha joy olgan. Lotning boshlang‘ich bahosi 30 ming rublni tashkil qildi.

Shuningdek savdolarga sovet rok musiqasi afsonasi Viktor Soyning rafiqasi Maryanaga yo‘llangan maktubi ham qo‘yilgan. Xat auksionda sotilmagan, ammo auksiondan so‘ng Soyning barcha sotilmagan lotlarini pastroq bahoda sotib olish bo‘yicha taklif tushgan.

Ushbu xat juda ochiq yozilgan bo‘lib, unda Soy konsertlardan charchagani va bir oyga bo‘lsa ham hammasidan berkinishni istashi, shuningdek oilaning moliyaviy qiyinchiliklari oshkor qilingan. Lotning boshlang‘ich bahosi 1,4—1,5 million rublni tashkil qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stalinning telefon daftarchasi auksionda 3 mln rublga sotildi