23:39 / 14.12.2018
4 615

Erdo‘g‘an: «Qoshiqchining qotilini men bilaman. Uni e’lon qilinglar endi...»

Erdo‘g‘an: «Qoshiqchining qotilini men bilaman. Uni e’lon qilinglar endi...»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulning Dolmabahche saroyida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va kuzatuvchilarning Konstitutsiyaviy va Oliy sudning birinchi konferensiyasida: «Qoshiqchini o‘ldirgan shaxs menga ma’lum. Uni kimligini e’lon qilinglar», dedi.

Erdo‘g‘an nimalar haqida gapirgan:

Qoshiqchi o‘limi bilan bog‘liq jinoyatga aloqador audio yozuvlar jinoyatni Saudiya valiahdiga aloqador odamlar tomonidan sodir etilganini oshkor qilgan.

Saudiya bosh prokurori Turkiyaga kelganda mamlakat bosh prokuroriga hech qanday ma’lumot taqdim qilmagan. Erdo‘g‘an qirollik Bosh prokurorini tanqid qilib: «Saudiya bosh prokurori Istanbulni 5 chemodan mast qiluvchi ichimliklar bilan tark qildi. Bizga muhim bo‘lgan ishlar uni qiziqtirmaydi», degan.

Erdo‘g‘an nutqi davomida Islom dunyosidagi ba’zi bir toifa va davlatlar Qoshiqchi o‘limi masalasida haqiqatni gapirmaganiga ishora qilgan.

Erdo‘g‘an: “Kecha biz Amerika senatida Qoshiqchi masalasidagi muhokamani kuzatdik. Ishlar to‘xtab qolgani yo‘q, balki davom etmoqda va rivojlanmoqda. Chunki biz amerikaliklar va ularning razvedkasini barcha ma’lumotlar bilan ta’minladik.

Erdo‘g‘an, Turkiya Qoshiqchi o‘limi bilan bog‘liq ma’lumotlarni kim so‘rasa, berayotganiga ishora qildi va bundan yagona maqsad adolatni qaror toptirish ekanini aytdi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an: «Qoshiqchining qotilini men bilaman. Uni e’lon qilinglar endi...»