15:10 / 16.12.2018
4 154

Lukashenko Belarus mustaqilligi bo‘yicha maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

Lukashenko Belarus mustaqilligi bo‘yicha maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi
Aleksandr Lukashenko Belarus oliy rahbariyati bilan «Rossiya bosimi»ga bag‘ishlangan yopiq yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi Kun.uz «Nasha Niva» nashriga tayanib.

Yig‘ilishda «Rossiya tomonidan bosim sharoitida» ko‘riladigan choralar muhokama qilingan.

«Prezident huzurida katta yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mustaqillik uchun oxirigacha turish haqida so‘z bordi. Buni hamma qo‘llab-quvvatladi», degan nashr manbasi.

Avvalroq Minskda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Lukashenko mamlakat mustaqilligini saqlash uning muhim vazifasi ekanligini ta’kidlagandi.

«Agarda bizni Jirinovskiy taklif qilganidek, oblastlarga bo‘lib tashlash va Rossiyaga qo‘shib olishni istashsa – bu holat hech qachon bo‘lmaydi. Agarda Rossiya rahbariyati ana shunday o‘yda bo‘lsa - bu Rossiyaning zarariga bo‘ladi. Biz uchun suverenitet muqaddas narsa, bu haqda oldin ham aytganman», degandi Belarus prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Belarus mustaqilligi bo‘yicha maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi