Chilida Alexandro Ramos ismli g‘avvos suv sirtiga ko‘tarilish bilan muammo yuz bergani sabab tanasi hajmi go‘yoki u birdaniga shishib ketganday keskin kattalashib ketdi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ramos 30 metr chuqurlikda ishlayotganda favqulodda vaziyat yuz bergan: nafas olish uchun havo yetkazib turuvchi shlangga shikast yetishi sababli u shoshilinch ravishda suv sirtiga ko‘tarilishiga to‘g‘ri kelgan. Sirtga tez ko‘tarilish g‘avvoslar uchun falokatli ta’sir qilishi mumkin: ularda dekompression kasallik avj olishi, og‘ir holatlarda esa o‘limga olib kelishi mumkin. Ramos omon qolgan, biroq uning tanasi shishib ketgan.
G‘avvosning vazni keskin oshib, 30 kgga og‘irlashgan. Erkakning yelka, qo‘l va ko‘krak mushaklari kattalashib ketgan. Ramos puli yo‘qligi sababli malakali tibbiy yordam so‘rab murojaat qilolmagan.
Falokat erkakning hayotiga fojiali ta’sir ko‘rsatgan. U ishlay olmagan, odamlardan o‘zini olib qochgan, tushkunlikka tushib, hattoki o‘z joniga qasd qilishni o‘ylay boshlagan. Biroq Ramos tushgan holat bilan Limadagi harbiy-dengiz floti tibbiyot markazi qiziqib qolgan. U yerda o‘tkazilgan tashxis g‘avvosning tanasidagi yog‘ to‘qimalari ular ichiga kirgan azot pufakchalari hisobiga kattalashganini ko‘rsatgan. Ta’kidlanishicha, erkak davolanishdan tashqari, plastik operatsiyalardan ham o‘tishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi