23:50 / 17.12.2018
3 913

Ramzan Qodirovning halokatli YTH sodir etgan qarindoshini jazolamaslikni so‘rashdi

Ramzan Qodirovning halokatli YTH sodir etgan qarindoshini jazolamaslikni so‘rashdi
Foto: «MK.ru»
Chechenistonning Shali tumani rahbari Turpal-Ali Ibragimovning avtomobili bilan to‘qnashib ketish oqibatida halok bo‘lgan yosh oilaning qarindoshlari respublika yetakchisi Ramzan Qodirovga videomurojaat yuborib, uning qarindoshi bo‘lgan mansabdorni jazolamaslikni so‘radi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Videoda erkaklar Ibragimovning ism-sharifini bir necha marta qaytarib, shu tariqa, aynan u YTH ishtirokchisi bo‘lganini tasdiqladi. Avvalroq respublika hukumati va politsiya uning odamlar o‘limiga aloqadorligi holatini yashirishga uringan edi.

Avtohalokat 5 dekabrga o‘tar kechasi Grozniyda sodir bo‘lgan. Mercedes haydovchisi tezlikni oshirib, uch kishilik oila o‘tirgan «Jiguli»ga urilib ketgan. Ayol va yosh qizcha voqea joyida, erkak kasalxonada vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirovning halokatli YTH sodir etgan qarindoshini jazolamaslikni so‘rashdi