Foto: «Twitter.com»
Nyu-Yorkdagi «Grand Central Oyster Bar» ustritsalar bari xo‘randasi o‘zining ovqatida katta gavhar topib oldi, deb yozadi «Xabar» nashri.
Ustritsalar jamlanmasini buyurtma qilgan Rik Antosh unda kattaligi no‘xatdek bo‘lgan gavharni topib olgan va uni tish deb o‘ylagan.
Restoran bosh oshpazi Sendi Ingber bunday topilma juda kam uchraydi, degan fikrda.
«Men bu yerda 28 yildan buyon ishlayman. Biz bir kunda besh mingdan ziyod ustritsalar sotamiz, ammo bunday holat faoliyatim davomida ikkinchi bor uchrashi», - deydi u.
Mutaxassisning baholashicha, bunday gavhar ikki mingdan to‘rt ming dollargacha turadi.
Rik Antosh gavharni nima qilishini hali bilmaydi, ammo omadini yana sinab ko‘rmoqchi.
«Men bu yerga qaytib, yana gavhar topishga harakat qilib ko‘raman. Qayerda omading kelib qolishini bilmaysan»,- deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?