08:36 / 20.12.2018
4 077

AQSh Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSh Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi
AQSh Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Shu bilan birgalikda, rasmiy Vashington IShID ustidan g‘alaba koalitsiyaning tugatilishini anglatmasligini qo‘shimcha qilgan.

AQSh prezidenti ma’muriyati vakili so‘zlariga ko‘ra, AQSh Suriyadagi kampaniyaning yangi fazasiga o‘tmoqda.

Bundan avvalroq The Wall Street Journal nashri AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan suhbatlashganidan keyin amerikalik harbiylarni Suriya hududidan olib chiqish qarorini qabul qilgani haqida xabar bergandi. Qayd etilishicha, Turkiya rahbari amerikaliklar Suriya hududida kurdlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganidan norozilik bildirgan.

Qayd etish kerakki, Donald Tramp bir necha bor Suriyadan harbiylar olib chiqilmasligini ma’lum qilgandi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, bir necha yuqori martabali amaldorlar, jumladan AQSh Mudofaa vaziri Jim Mettis ham Suriyada IShID qayta uyg‘onmasligi uchun amerikaliklar harbiy kontingenti saqlab qolinishi zarurligini ta’kidlab kelishayotgandi.

Biroz avvalroq Oq uy rahbari Suriyada IShID ustidan g‘alabaga erishilgani haqida ma’lum qilgandi.

«Biz Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozondik, prezidentligim vaqtida u yerda bo‘lishimizning yagona sabab shu edi», deb yozgandi u.

Ayni vaqtda Suriya hududida 2 ming nafar atrofida amerikalik harbiy bor.

Vashington va uning ittifoqchilari Suriyadagi harbiy amaliyotlarni 2014 yili boshlagandi. 2015 yil sentyabrida Suriyaga Rossiya ham harbiylarini yuborishga kirishdi. Ikki davlat ham bu mamlakatdan kirishini IShID bilan kurashish sifatida izohlagan. Rossiya 2016 yilning dekabrida va 2017 yilning dekabrida Suriyadan asosiy harbiylarini olib chiqib ketgan. Hozirda Xmeymiy va Tartusda Rossiyaning ikki bazasi faoliyat ko‘rsatishda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi