Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya rahbarida mobil telefon yo‘q, u axborotni turli yo‘llar bilan oladi.
“Uning ixtiyorida turli xil ma’lumotlar chiqarilgan qog‘ozlar papkalari, qog‘ozda aks etgan dayjestlar, televizion dayjestlar bor”, deb javob qilgan Peskov Putin qay yo‘sinda axborot olishi haqidagi savolga. “Prezident, shuningdek, kompyuterda internetni ko‘zdan kechirishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.
Uning ta’kidlashicha, Putinning shaxsiy mobil telefoni yo‘q va Kremlda hamon yopiq aloqadan foydalaniladi. “Yopiq hukumat aloqasining eski qadrdon telefonlari barcha smartfonlarni ortda qoldiradi”, deb aytgan Peskov.
“Smartfonga ega bo‘lish – o‘zini ko‘z-ko‘z qilishdek gap. Bu to‘liq shaffoflikdir. Siz qo‘lingizga smartfonni olib, “men barcha narsani namoyish qilishga tayyorman” deganiga rozi bo‘lgan hisoblanasiz. Prezidentda esa bu bo‘lmasligi kerak. Boz ustiga Rossiyadek davlatning prezidentida va Putin kabi prezidentda”, deb ta’kidlab o‘tgan Peskov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?