17:00 / 21.12.2018
3 636

Qozog‘iston neft qazib olishni kamaytiradi

Qozog‘iston neft qazib olishni kamaytiradi
Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmatining eslatishicha, 7 dekabr kuni Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK+) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, uning yakunlari bo‘yicha 2019 yil yanvaridan boshlab 6 oy davomida OPEK+ mamlakatlarining qazib olish darajasini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

«Qozog‘iston bu qarorga qo‘shilishga tayyor ekanini bildirdi va neft qazib olishni sutkasiga 40 ming barrelgacha qisqartirish bo‘yicha o‘ziga olgan majburiyatlarni bajarish uchun barcha zarur choralar ko‘rish niyatida», – deya ta’kidlaydi vazirlik.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning to‘rtinchi choragida jahonda neftga kotirovkalar pasayishi kuzatildi, bunga geosiyosiy omillardan tashqari, jahon iqtisodiyotida tobora o‘sib borayotgan noaniqlik ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Qayd etilishicha, u neft va neft mahsulotlari iste’moli o‘sish sur’atlari umumiy pasayishiga olib kelyapti.

Shu munosabat bilan jahon neft bozorining muvozanatini saqlab qolish uchun OPEK+ mamlakatlari qazib olishni sutkasiga 1,2 mln barrelga kamaytirishga qaror qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston neft qazib olishni kamaytiradi