19:00 / 21.12.2018
5 172

Bishkekdagi miting qatnashchilari mamlakatdan barcha chet elliklarni quvishni talab qilmoqda

Bishkekdagi miting qatnashchilari mamlakatdan barcha chet elliklarni quvishni talab qilmoqda
Bishkekdagi Xitoy elchixonasi yonidagi namoyishchilar qirg‘iz huqumatidan bir oy ichida mamlakatdan barcha chet elliklarni chiqib ketishga majbur qilishlarini talab qilmoqda. Bu haqda «Hordiq» nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, namoyish paytida “Kыrk choro” tashkilotining vakillari chet elliklarga Qirg‘iziston fuqaroligini berishning qonuniyligini tekshirish bo‘yicha komissiya tuzish zarurligini ham ta’kidlagan. Ularning fikriga ko‘ra, komissiya fuqarolik berish bo‘yicha oxirgi o‘n yillikni tekshirishi kerak.

Miting qatnashchilari, bir oydan keyin hukumat harakatsizligini namoyish etsa, o‘zlari mamlakatdagi xorijiy kompaniyalarga borib kim noqonuniy faoliyat olib borayotganini tekshirishlarini aytishgan.

Mitingni asosiy sababi, Xitoyda etnik qirg‘izlarni ta’qib qilinishini cheklash bo‘lgan. U yerdagi “qayta tarbiyalash lagerlari”da 50 mingga yaqin qirg‘iz millatiga mansub odamlar bor. Xabarlarga ko‘ra, lagerlarda “g‘oyaviy tarbiyalash, xulqni tuzatish» va davlat tili – xitoychani o‘rgatish maqsadida darslar o‘tiladi. Joriy yilning oktyabr oyida Xitoy “qayta tarbiyalash lagerlari” borligini rasman tan olgan. Huquq himoyachilarining fikriga ko‘ra, u yerda qariyb 1 mln kishi bor.

Bishkekdagi miting qatnashchilari, Xitoy hukumatidan lagerda saqlanayotgan barcha qirg‘izlarni ozod qilishlarini so‘ragan. Ular Xitoy hukumatiga 10 kun muddat berib, shu kunlar ichida “qayta tayyorlov lagerida” saqlanayotgan barcha qirg‘izlar haqida ma’lumot berishi kerak.

19 dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov ham matbuot anjumanida, ushbu muammoni ehtiyotkorlik bilan hal qilish zarurligini bildirgan.

“Biz diplomatik kanallar orqali ish olib boryapmiz. Bu masalada asosiy gap Xitoy fuqarolari haqida borayotganini unutmasligimiz kerak. Qanday qilib, biz boshqa mamlakat ichki ishlariga aralashamiz?”, degan Jeenbekov. Shuningdek, u o‘tgan kuni bir kishi ozod qilinganini aytgan. Biroq u Xitoy emas, Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan.

Xitoy rasmiylarining iddaosiga ko‘ra, markazlarda “qayta tarbiyalashning insonparvar yondashuvlaridan foydalanilmoqda”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bishkekdagi miting qatnashchilari mamlakatdan barcha chet elliklarni quvishni talab qilmoqda