23:23 / 21.12.2018
3 911

AQSh Afg‘onistondan 5000 dan ziyod askarini olib chiqmoqchi

AQSh Afg‘onistondan 5000 dan ziyod askarini olib chiqmoqchi
Donald Tramp 20 dekabr kuni Afg‘onistondan 5 mingdan ziyod askarini olib chiqishni rejalashtirayotganini aytdi, deb xabar berdi "Turon24" axborot agentligi.

Tramp 19 dekabr kuni Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish haqida ham aytgan edi.

Ismi oshkor etilishini istamagan AQSh rasmiysiga ko‘ra, AQSh harbiylari yaqin oylarda Afg‘onistondan olib chiqiladi.

20 dekabrda AQSh prezidentining Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish haqidagi qaroridan norozi bo‘lgan Mudofaa vaziri Jeyms Metis iste’fo bergandi.

AQSh Afg‘onistonda 2001 yildan buyon Tolibonga qarshi urush olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Afg‘onistondan 5000 dan ziyod askarini olib chiqmoqchi