23:06 / 22.12.2018
3 364

Mark Sukerberg "Forbes" talqiniga ko‘ra yilning eng omadsiz milliarderi bo‘ldi

Mark Sukerberg "Forbes" talqiniga ko‘ra yilning eng omadsiz milliarderi bo‘ldi
"Facebook" asoschisi Mark Sukerberg "Forbes"ning “Yilning eng omadsiz milliarderlari” reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bir yilda Sukerbergning kapitali 18,7 mlrd AQSh dollariga kamaydi.

Ikkinchi kvartaldagi ko‘rsatkichlar e’lon kilinganidan so‘ng "Facebook" aksiyalarining narxi 19 foiz tushib ketdi. Natijada 2 kun ichida Sukerberg 16,5 mlrd AQSh dollari yo‘qotdi. Bundan tashqari, oktyabr oxirida Buyuk Britaniya hukumati "Facebook"ka ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilgani uchun 644 ming AQSh dollari miqdorida jarima solgandi.

Eng omadsizlar ro‘yxatidagi milliarderlarning aksariyati AQSh va Xitoy o‘rtasida yuzaga kelgan savdo urushi oqibatida zarar ko‘rgan.

Bu reytingga teskari bo‘lgan “Yilning eng omadli milliarderlari” ro‘yxatida esa "Amazon" asoschisi Jeff Bezos 1-o‘rinni egalladi. Uning kapitali bir yilda deyarli 30 mlrd AQSh dollariga ko‘paydi va 126,2 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi.

Reytingdan Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalari – “Lukoyl” va “Novatek” rahbarlari Vagit Alekperov hamda Leonid Mixelson, shuningdek, Ilon Mask va Bil Geytslar o‘rin oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mark Sukerberg "Forbes" talqiniga ko‘ra yilning eng omadsiz milliarderi bo‘ldi