06:31 / 23.12.2018
3 875

Ukraina bosh vaziriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ukraina bosh vaziriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ukraina milliy antikorrupsiya byurosi Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda "Ukrainskiye novosti" agentligiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

"Sud qaroriga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi", deb ma’lum qilgan agentlik suhbatdoshi.

Xabarda aytilishicha, jinoiy ish ikkita – mansab mavqeini suiiste’mol qilish va mansabga sovuqqonlik bilan qarash moddalari bo‘yicha ochilgan. Bu ish bo‘yicha da’vogar Oliy rada deputati Vitaliy Kupriy ekanligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina bosh vaziriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi