20:20 / 23.12.2018
4 195

Ostonalik erkakka ayol yuragi ko‘chirib o‘tkazildi

Ostonalik erkakka ayol yuragi ko‘chirib o‘tkazildi
Foto: «Yevraziya» TV
Ostonada yashovchi Azat Koptulelov yurak ko‘chirib o‘tkazilishiga muhtoj edi. Shifokorlar unga Kostanaydan bo‘lgan ayol yuragini o‘tkazgan. Bu haqda «Nur.kz»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Azat boshida unga qiyin bo‘lgani, ammo keyin hammasining uddasidan chiqqanini tan oldi.

«Menga ayol yuragi o‘tkazilgach men oyoqqa turolmadim. Juda ojiz edim», — deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, moslashishning murakkab davri ikki oy davom etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, butun Qozog‘istonda 150 kishi ana shunday amaliyotga muhtoj. Yana ming kishi boshqa organlar transplantatsiyasi uchun navbat kutmoqda.

Ammo ko‘plab sog‘lom odamlar donor bo‘lishga shoshmayapti. Vafot etgan insonlarning yaqinlari esa bunga qarshi. Ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha amaliyot qisqarib bormoqda.

Qonun chiqaruvchilar og‘ir bemorlarning organlaridan foydalanish masalasini ko‘tarib chiqdi.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov vafot etgan insonning organlarini yaqinining ruxsatisiz ishlatishga imkon beradigan qaror chiqarishni taklif qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonalik erkakka ayol yuragi ko‘chirib o‘tkazildi