08:46 / 24.12.2018
3 653

Ukraina prezidentini qimmatbaho restoranda ovqatlangani uchun uyaltirishdi

Ukraina prezidentini qimmatbaho restoranda ovqatlangani uchun uyaltirishdi
Ukrainalik jurnalist Yaroslava Koba davlat rahbari Pyotr Poroshenkoni mamlakatda harbiy holat amalda bo‘lgan bir paytda Kiyevdagi qimmatbaho restoranda ovqatlangani uchun uyaltirdi. Ukraina poytaxtidagi eng qimmatbaho muassasalardan birida olingan fotosurat va videotasvirlarni u o‘z Facebook’iga joyladi.

«Hech bo‘lmasa, harbiy holat paytida uyalishsa bo‘lardi», — deb izohladi Koba postini. Poroshenko restoranga rafiqasi Marina bilan bir nechta soqchilar hamrohligida kelgan.

Jurnalist Ukraina yetakchisi mahalliy aholi bilan suratga tushish va o‘zini «xalq prezidenti» sifatida ko‘rsatish uchun bir necha soatdan keyin supermarketga borishini taxmin qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidentini qimmatbaho restoranda ovqatlangani uchun uyaltirishdi