Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti bo‘ladimi?

  • 24 dekabr 2018, 23:40
  • 4 779
  • Dunyo
  • Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti bo‘ladimi?
    Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jurnalistlarga bergan intervyusida o‘zini Rossiya Prezidenti lavozimida ko‘rmayotganini aytdi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto federal vazirlikka rahbarlik qilmaydi va o‘z karerasini Checheniston rahbari sifatida yakunlamoqchi.

    “Albatta yo‘q. Men hattoki hukumatdagi biron eng yengil vazirlikka rahbar bo‘ladigan darajadagi inson emasman. Men mintaqa (Checheniston Respublikasi – tah.) rahbari sifatida kareramni tugatishni istayman”, – dedi Qodirov.

    Qodirov Vladimir Putin o‘zini davomchisi deb aytgan inson ortidan ergashishga tayyor ekanligini aytdi.

    “Putin kimni aytsa, uning ortidan boraman. Putinning so‘zi men uchun qonundan ustun. Men undan hayotim uchun qarzdorman”, – dedi u.

    Checheniston rahbari Putinning har qanday buyrug‘ini 100 foizga bajarishini ma’lum qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti bo‘ladimi?