08:26 / 25.12.2018
3 616

Nyu-Yorkni o‘rta sinf vakillari jadal tark etmoqda

Nyu-Yorkni o‘rta sinf vakillari jadal tark etmoqda
AQShning Nyu-York shahrini o‘rta sinf vakillari jadal tark etmoqda. Bu haqda New York Post nashri ma’lumotlariga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, aholining shaharni jadal tark etayotganini aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar yaqqol ko‘rsatmoqda. Shaharni kuniga o‘rtacha 100 kishi tark etmoqda. Bunda shaharni tark etayotganlar unga kelayotganlardan ancha ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu holat soliqlar, yashashga sarf-xarajatlarning oshishi hamda turli texnologik yechimlarning tatbiq qilinishi tufayli maoshlarning kamayishi bilan bog‘liq.

Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, yuqorida keltirilganlarning barchasi o‘rta sinfga kuchli “zarba berib”, ular Nyu-Yorkni Buyuk tushkunlik (XX asr 30-yillari) vaqtidan beri kuzatilmagan ko‘lamda tark etmoqdalar. Hozirda shahar aholisining 48 foizi yiliga 30-60 ming dollarlik daromadga ega o‘rta sinfga kiradi, 31 foizi kamroq pul topadi, 21 foizi esa o‘ziga to‘qlar hisoblanadi.

“Nyu-Yorkda boylar yanada boyimoqda, kambag‘allar ham boyimoqda, biroq o‘rta sinfga o‘tadigan darajada emas”, deb aytgan iqtisodiy tadqiqotlar Amerika instituti iqtisodchisi Piter Erl.

Uning ta’kidlashicha, 2007 yildan beri xususiy sektorda tashkil etilgan 175 mingta yangi ish o‘rnidan 20 foizginasida o‘rta sinfga mos daromad olinadi. Erlning aytishicha, Nyu-Yorkda o‘rta sinf daromadlari AQShning boshqa aholi punktlaridagidan ham tezroq pasaymoqda.

Ta’kidlanishicha, umuman olganda butun AQSh bo‘ylab o‘rta sinf vakillari kamaymoqda. Biroq bu holat Nyu-York kabi shaharlarda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi: ijara narxi oshadi, iste’molchilik talabi kamayadi, do‘konlarga qulf osiladi. Oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkning 8,5 mlnlik aholisidan bir millioni oilasiga oziq-ovqat yetkaza olmasligidan xavotirlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkni o‘rta sinf vakillari jadal tark etmoqda