13:05 / 25.12.2018
3 714

Doimiy yorug‘lik ostida yashash semirishga olib kelishi aniqlandi

Doimiy yorug‘lik ostida yashash semirishga olib kelishi aniqlandi
Sibirlik olimlar sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajriba vaqtida aniqlashicha, doimiy ravishda yorug‘lik ostida yashash tana vaznining oshishiga va anemiyaga olib keladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Olimlar doimiy yorug‘lik qon tarkibiga, tana vazniga va mushaklarning jismoniy chidamliligiga qanday ta’sir qilishini, shuningdek, melatoninning doimiy yorug‘lik sharoitida mazkur organlarga qanday ta’sir o‘tkazishini tadqiq qilgan. Mazkur gormon odamga yorug‘lik rejimining buzilishiga moslashishga yordam beradi, deb hisoblanadi.

Doimiy ravishda yorug‘lik ostida saqlangan sichqonlarda olimlar anemiya rivojlanishiga xos o‘zgarishlarni aniqlagan. Shuningdek, doimiy yorug‘lik sichqonlar tana vaznining ortishiga olib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Doimiy yorug‘lik ostida yashash semirishga olib kelishi aniqlandi