18:48 / 25.12.2018
4 544

O‘ljas Sulaymonov suddan nevarasining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchini qamamaslikni so‘radi

O‘ljas Sulaymonov suddan nevarasining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchini qamamaslikni so‘radi
Yozuvchi O‘ljas Sulaymonov suddan nevarasining vafoti sababchisi – yo‘l-transport hodisasi aybdori bo‘lgan haydovchi qizni ozodlikdan mahrum etmaslikni so‘rab Ostana shahar sudiga murojaat etgan. "Nur.kz" tahririyati Ostona shahar sudiga yozuvchi yuborgan mazkur xatni e’lon qildi.

Maktubda O‘ljas Sulaymonov “Malika Muhitova o‘zi ona bo‘lgachgina Sulaymonovlar oilasi boshiga tushgan kulfatni tushuna olishi”ni qayd etgan.

Bundan ilgari Malika Muhitova Ostona shahar Yesil tuman sudi tomonidan O‘ljas Sulaymonovning nevarasi Iskandar Sulaymonovning o‘limida aybdor deb topilib, ikki yilga ozodlikdan va besh yilga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilingan edi.

"Iskandar Sulaymonov halok bo‘lganiga olti oydan oshdi. Ammo hech qanday vaqt uning yaqinlarini bu og‘riq va alamdan xalos eta olmaydi. Mening nevaram no‘noq haydovchining qurboni bo‘ldi. Uning mashinasi svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanayotgan mototsiklning (Iskandar Sulaymonov boshqargan) yo‘lini keskin tarzda to‘sib olgan”, – deyilgan xatda.

Shuningdek, yozuvchi “2018 yil 26 dekabr kuni Ostona shahar sudi ushbu ishni ko‘rib chiqadi. Sulaymonovlar oilasining eng ulug‘i sifatida men bor mas’uliyatni bo‘ynimga olaman va yuqori suddan o‘sha avariya aybdori ozodlikdan mahrum etilmagan tarzda jazolanishini so‘rayman. Uning yoshi o‘ttizga yaqinlashgan. Turmush qursin. Farzand ko‘rib, ona bo‘lsin. Shundagina u bizning ahvolimizni tushunadi”, – degan.

Mazkur fojia 2018 yilning 22 iyunida Ostona shahrida sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘ljas Sulaymonov suddan nevarasining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchini qamamaslikni so‘radi