19:51 / 25.12.2018
4 007

Turkiya Suriyada IShIDni bir o‘zi yo‘q qilib tashlashi mumkinligini bildirdi

Turkiya Suriyada IShIDni bir o‘zi yo‘q qilib tashlashi mumkinligini bildirdi
Anqara Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish PYD/YPG terrorchilari manfaatlariga xizmat qilmasligi kerakligini aniq bildirdi, deya ma’lum qilmoqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara va Vashington Suriyaning Manbiji bo‘yicha yo‘l xaritasini Suriyadan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishidan avval amalga oshirishni yakunlash to‘g‘risida kelishib oldi.

«Amerika tomoni Manbij bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish kechikayotganini tan olmoqda», - dedi Chavusho‘g‘li.
Turk diplomatiyasi rahbarining ta’kidlashicha, rasmiy Anqara Furot daryosidan sharqda joylashgan Suriya tumanlarini terrorchilardan tozalash bo‘yicha choralar ko‘rishga tayyor.

Chavusho‘g‘li eslatishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Suriya sharqida harbiy amaliyot tez orada boshlanishi haqidagi bayonotidan keyin jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. AQSh, xususan, Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish to‘g‘risida e’lon qildi, deya ta’kidlagan vazir.

Shuningdek, TIV rahbarining xabar berishicha, Anqara va Vashington Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni muvofiqlashtirish mavzusida ishlamoqda. «Bu masala TIV va Turkiya hamda AQSh mudofaa mahkamalari darajasida muhokama qilinmoqda», - dedi Chavusho‘g‘li.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriyadan Amerika qo‘shinlarini olib chiqish qaroridan mamnun va bu jarayon PYD/YPG terrorchilari manfaatlariga xizmat qilmasligi kerakligini bildirdi.

Chavusho‘g‘lining ta’kidlashicha, Turkiya Suriyada IShID terrorchilarini bir o‘zi yo‘q qilib tashlashi mumkin. Tashqi ishlar vaziri xabariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyatga yechim topish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga tashrif buyuradi.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Islom hamkorlik tashkiloti muloqot guruhini 10 yanvar kuni Istanbulda Yaman bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Suriyada IShIDni bir o‘zi yo‘q qilib tashlashi mumkinligini bildirdi