23:50 / 25.12.2018
5 190

Olimlar qimmatbaho toshlar mavjudligi taxmin qilinayotgan sayyoralar topilganini aytishmoqda

Olimlar qimmatbaho toshlar mavjudligi taxmin qilinayotgan sayyoralar topilganini aytishmoqda
Shveysariya va Buyuk Britaniya olimlari “xazinalar to‘la kosmik sandiq” topganlarini ma’lum qilishdi. U yerdagi sayyoralarning joylashuvi va tarkibi o‘ziga xos bo‘lib, bu qimmatbaho toshlarning tez va oson shakllanishiga yordam beradi.

Hozircha olimlar shunday sayyoralarning uchtasini aniqlashga erishishdi. Birinchi sayyora HD 219134 b deb nomlangan va Yerdan 21 yorug‘lik yili uzoqlikda, ikkinchi sayyora 55 Cancri e Yerdan 41 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Uchinchisi esa WASP-47 e nomlangan bo‘lib, u Yerdan 870 yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan.

Yer yuzida ko‘plab qimmatbaho metallar va toshlar mavjud. Ammo shunday sayyoralar ham borki, ulardagi qimmatbaho toshlar va metallar miqdori Yerdagiga qaraganda ming baravar ko‘p.

Barcha sayyoralar “Super Yer” sinfiga kiradi va yirik miqdordagi turli metall va metall birikmalaridan iborat. Ushbu sayyoralarning aylanish o‘qi ular hosil bo‘lgan joyda ekanligi va tarkibi umuman boshqachaligi bilan Yerdan tubdan farq qiladi. Yer yadrosi temir va nikel qotishmalaridan iborat, ushbu sayyoralarning yadrosi esa kalsiy va alyuminiydan iborat. Bu sayyorada alyuminiy oksidlaridan hosil bo‘luvchi sapfir va yoqutlar miqdori ko‘p bo‘lishi ehtimolini bir necha barobarga oshiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar qimmatbaho toshlar mavjudligi taxmin qilinayotgan sayyoralar topilganini aytishmoqda