18:48 / 26.12.2018
4 368

Emomali Rahmon: "Tojikiston transport qamalidan chiqdi"

Emomali Rahmon: "Tojikiston transport qamalidan chiqdi"
26 dekabrda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tojikiston so‘nggi yillarda duch kelgan transport-kommunikatsiya borasidagi muammolarni to‘liq hal qilinganini aytdi, deb xabar berdiTuron24 "Asia Plus" axborot agentligiga tayanib.

“So‘nggi yillarda Tojikistonni Xitoy, Afg‘oniston, Qirg‘iziston bilan bog‘laydigan xalqaro avto yo‘llari qurilishi, O‘zbekiston bilan temir yo‘l va nazorat-o‘tkazish punktlarining ochilishi natijasida mamlakat kommunikatsiyaviy tupikdan chiqdi”, dedi Imomali Rahmon Tojikiston parlamentiga qilgan murojaatida.

Prezidentning aytishicha, bu bilan mamlakat ikkinchi strategik maqsadiga erishgan.

U mamlakat hukumati dengiz portlariga olib chiquvchi transport infrastrukturalarini kengaytirish, chegaralararo terminal va logistika markazlarini qurish borasida choralarni ko‘radi, dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, mamlakatda transport sohasida qiymati 800 mln AQSh dollari miqdorida (7,5 mlrd somoni) 14 ta davlat sarmoyasi asosidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmon: "Tojikiston transport qamalidan chiqdi"