Xitoy ilk bor AQShdan guruch importiga ruxsat berdi. Pekin bunday misli ko‘rilmagan yon bosishga Vashington bilan savdo muzokaralari arafasida borishga qaror qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu choralar jigarrang, tozalangan va maydalangan guruch turlarini qamrab oladi.
2001 yilgacha Xitoyda guruch bozori importchilarga yopiq bo‘lgan. So‘ngra Xitoy Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilgan va ushbu bozorni import uchun ochgan. Biroq AQSh ikki davlat o‘rtasida fitosanitar bayonnoma yo‘qligi sababli Xitoyga guruch yetkazib bera olmagan. Shunga qaramay, Xitoy AQShdan guruch importi mavjud bo‘lmasa-da, unga 25 foizlik boj to‘lovi kiritgan.
Agentlikda ta’kidlanishicha, Xitoy rahbariyati amerikalik guruch ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat qilishga to‘g‘ri kelishidan cho‘chimayapti, chunki AQSh guruchi raqobatbardosh emas va Janubiy Osiyodan import qilinuvchi guruchlarga sifati bo‘yicha yutqazadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi