Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi yilga belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkodan sovg‘a sifatida 4 qop “eng yaxshi navdagi” kartoshka oldi.
Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmontning ma’lum qilishicha, kartoshka “prezident tomorqasida” yetishtirilgan. Uning aytishicha, Lukashenko avvalgi uchrashuvlaridan birida Putindan Belarusdan unga nima olib kelishi mumkinligi haqida qiziqqan. Putin bunga javoban “Belarusdan yana nima ham so‘rash mumkin? Kartoshka va salo-da”, deb javob qaytargan.
Eysmontning ta’kidlashicha, Belarus rahbari Putinga turlicha usulda tayyorlash uchun turli navdagi 4 qop kartoshka olib kelgan.
“Prezident tomorqasidan eng yaxshi, super navdagi kartoshka”, deb aytgan Eysmont.
[media=https://www.youtube.com/embed/9F5mymMlfT0]
Lukashenko Rossiyaga avvalgi safari vaqtida rossiyalik hamkasbiga salo sovg‘a qilgandi.
Lukashenko joriy haftada Putin bilan ikki marta – 25 va 29 dekabrda uchrashdi. Ikki davlat yetakchisi Ittifoqdosh davlat tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni va soliq manyovrlarini muhokama qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan