15:10 / 30.12.2018
5 119

“Afrika go‘zali” tanlovi g‘olibasining sochi yonib ketdi (video)

“Afrika go‘zali” tanlovi g‘olibasining sochi yonib ketdi (video)
“Afrika go‘zali-2018” taqdirlash marosimida tanlov g‘olibasi Dorkas Kasindening sochi yonib ketdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Nigeriyaning Kalabar shahrida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida 24 yoshli Dorkas Kasinde Kongo respublikasi vakilasi sifatida qatnashdi.

Pirotexnik vositalar sachratgan uchqun uning boshiga tushib, sochi yonib ketdi. Avvaliga qiz boshidagi alangani sezmadi, biroq tadbir boshlovchisi “yong‘in”ni ko‘rib qolib, darrov yordamga shoshildi. “Yong‘in” joyida bartaraf etilgandan keyin tadbir yana davom etdi.
[media=https://www.youtube.com/embed/nn_6F6hQGxU]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Afrika go‘zali” tanlovi g‘olibasining sochi yonib ketdi (video)