Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi, Alibaba Group, Mail.ru va «Megafon»ning elektron tijorat sohasidagi qo‘shma korxonasi 2019 yil boshida ishga tushadi. Bu haqda USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».
«Biz finishga yetib keldik. Kelgusi yildayoq bu korxona ishga tushadi degan umiddaman», — ta’kidladi Usmonov.
Milliarderga ko‘ra, kelishuvni yakunlash uchun bir necha shartlar qabul qilinishi lozim edi. Jumladan, texnologik xavfsizlikni Rossiya resurslari hisobidan ta’minlash, shuningdek, Alibaba kompaniyasi texnologiyalaridan Rossiyada foydalanish imkoniyati. Qo‘shma korxona serverlari ham Rossiya hududida bo‘lishi lozim.
Ma’lumot uchun, 2018 yil sentyabrida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi, Alibaba Group, Mail.ru va «Megafon» elektron tijorat sohasida Rossiya va MDHda eng yirik qo‘shma korxona bo‘lishi kutilayotgan AliExpress Russia qo‘shma korxonasi doirasidagi strategik hamkorlik haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?