17:17 / 31.12.2018
5 031

Aziza o‘zbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi

Aziza o‘zbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi
Mashhur qo‘shiqchi Aziza barchani Yangi yil bilan tabriklab, Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida «Toshkentim» («Moy Tashkent») taronasini o‘zbek tilida kuylab berdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

«Barchani, birinchi navbatda o‘z yurtdoshlarimni Yangi yil bilan muborakbod etaman. Hozir ulardan ko‘pi Rossiyada yashaydi. Ularni ko‘rganimda quvonaman, o‘zimni go‘yo Toshkentdagiday his etaman», — deydi u. Qo‘shiqchi ko‘chada o‘zbekistonliklarni ko‘rganida ular bilan ona tilida gaplashishdan mamnun bo‘lishini tan oldi.

Avvalroq Aziza o‘z yubileyini Toshkentda nishonlamoqchi ekanligi, shuningdek yubiley konsert dasturi bilan O‘zbekiston poytaxti sahnasida konsert berish istagi haqida aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aziza o‘zbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi