AQSh va Isroil YuNESKOdan rasman chiqdi

  • 02 yanvar 2019, 10:42
  • 2 052
  • Dunyo
  • AQSh va Isroil YuNESKOdan rasman chiqdi
    1 yanvardan AQSh va Isroil Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (YuNESKO)dan rasman chiqdi. AQSh va Isroil 2017 yilda YuNESKOdan chiqishini e’lon qilgan edi. Biroq YuNESKO nizomiga ko‘ra, tashkilotdan chiqish bir yildan so‘ng rasmiy kuchga kiradi.

    AQSh 1984 yilda, prezident Ronald Reygan davrida tashkilotga a’zoligini to‘xtatgan edi. 2003 yilda AQSh prezidenti Jorj Bush mamlakatning tashkilotga a’zoligini tiklagandi.

    Isroilning YuNESKOdan chiqishiga tashkilotning Falastin borasidagi pozitsiyasi sabab bo‘ldi. 2011 yilda Falastin YuNESKOga to‘la a’zo bo‘ldi. Bu xalqaro tashkilotlar ichida Falastinning birinchi marta davlat sifatida tan olinishi edi.

    Shuningdek, Falastinning Isroil tomonidan ishg‘ol qilingan hududida va Sharqiy Quddusdagi tarixiy (Masjidul Aqso) obidalari YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi ham Isroil tomonining noroziligiga sabab bo‘lgandi.

    Isroil 1949 yilda tashkilotga a’zo bo‘lgan. Isroilning ittifoqchisi bo‘lgan AQSh YuNESKOning Flastin borasidagi pozitsiyasiga norozilik sifatida tashkilotdan chiqishini bildirgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQSh va Isroil YuNESKOdan rasman chiqdi